Mariya Timofeyeva Portudagi WTA 125 turniri finalida
O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva Portugaliyaning Portu shahrida o‘tkazilayotgan Eupago Porto Open — WTA 125 turnirining finaliga yo‘l oldi.
photo: gettyimages
Mariya Timofeyeva Portudagi WTA 125 turniri finalida.
O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva Portugaliyaning Portu shahrida o‘tkazilayotgan Eupago Porto Open — WTA 125 turnirining finaliga yo‘l oldi.
Yarim final bahsida Timofeyeva Slovakiya vakili Mia Pogankovani uch set davom etgan uchrashuvda mag‘lub etdi — 6:2, 6:7(3), 6:3.
Bahs 2 soat 38 daqiqa davom etdi. Ushbu g‘alaba evaziga Mariya turnirning bosh sovrini uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Mariyaga final bahsida omad tilaymiz!