locale OZ

Mariya Timofeyeva Monterreydagi turnirdagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva bel sohasidagi og‘riqlar sababli Monterreyda o‘tayotgan WTA 500 turnirining ikkinchi davrasida kortga chiqa olmadi.
Mariya Timofeyeva Monterreydagi turnirdagi ishtirokini yakunladi
photo: gettyimages

O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva bel sohasidagi og‘riqlar sababli Monterreyda o‘tayotgan WTA 500 turnirining ikkinchi davrasida kortga chiqa olmadi.

Turnirning saralash bosqichida Mariya ketma-ket ikkita uch setli, keskin uchrashuv o‘tkazdi. Katta jismoniy yuklamani inobatga olgan holda, sportchi va uning jamoasi tavakkal qilmaslik hamda tiklanishga e’tibor qaratish haqida qaror qabul qildi.

Endilikda Mariya mavsumning so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri — US Open oldidan sog‘lig‘ini tiklash va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratadi.

Mariyaga tezroq tiklanib, US Open’da omadli ishtirok etishini tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting