Mariya Sharapova Uimbldon uchun tayyorlangan reklamada ishtirok etdi
Taniqli tennischi Stella Artois pivosining maxsus seriyasi uchun reklama roligiga tushdi
Rasm: gettyimages.com
“Katta shlem” turnirlari g'olibasi va sobiq dunyo raketkasi Mariya Sharapova Uimbldon-2025 munosabati bilan tayyorlangan Stella Artois pivosining maxsus seriyasi reklama kampaniyasida ishtirok etdi.
38 yoshli rossiyalik tennischi ijtimoiy tarmoqda oq, yashil va qizil-moviy ranglarda dizayn qilingan bankali suratni e'lon qildi. Ushbu ranglar Uimbldon logotipi uslubiga mos.
Sharapova post ostida shunday izoh qoldirdi:
«Kamida bittamiz Uimbldonga mos kiyimda».
Bakradze Iman
Redaktor