Mahmudbek Beknazarov J200 Fergana o‘smirlar turniri yarim finalida
Sportchi Aleksey Shibayevni 6:1, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Mahmudbek Beknazarov J200 Fergana o‘smirlar turniri yarim finalida.
O‘zbekistonlik tennischi chorak finalda turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi, o‘smirlar jahon reytingida 126-o‘rinda borayotgan Aleksey Shibayevni 6:1, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
Yarim finalda Mahmudbekka omad tilaymiz.