Madridda bo'lib o'tgan Laureus World Sports Awards–2025 marosimida tennischilar ham ishtirok etdi
21 aprel kuni Ispaniyaning Madrid shahrida Laureus World Sports Awards–2025 taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Karlos Alkaras va Arina Sobolenko yilning eng yaxshi sportchilari unvoniga nomzod bo'lishdi. Erkaklar orasida g'olib deb ruqqa sakrashi bo'yicha mutaxassis Arman Dyupantis e'lon qilindi.
Rafael Nadal Laureus mukofotining barcha yo'nalishlarida sovrindor bo'lgan yagona sportchiga aylandi:
Yil kashfiyoti — 2006
Yil qaytishi — 2014
Yil sportchisi — 2011, 2021
Sport ikonasi — 2025
(Bu mukofot avval faqat bir marta — 2022 yilda motopoygachi Valentino Rossiga berilgan.)
Nadalning o'zi quyidagicha ta'kidladi:
«Men tennissni umuman sog'inmayapman. Men kareramni baxtli inson sifatida yakunladim. Agar qodir bo'lganimda, davom etar edim, chunki men o'z ishimi yaxshi ko'rardim. Bu mening ishtiyoqim edi va hayotim davomida shunday bo'lgan».
22 aprel kuni Madridda ATP va WTA Masters 1000 turnirlari boshlandi.