Kamilla Raximova US Open’dagi ishtirokini yakunladi
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Raximova US Open turnirining uchinchi bosqichida dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenkaga qarshi maydonga tushdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Kamilla Raximova US Open’dagi ishtirokini yakunladi
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Raximova US Open turnirining uchinchi bosqichida dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenkaga qarshi maydonga tushdi.
Kamilla munosib kurash olib bordi, ammo uchrashuv 3:6, 4:6 hisobida Sobolenka foydasiga yakunlandi.
Kamilla, yorqin va munosib o‘yin uchun rahmat! Sizga keyingi turnirlarda omad, yangi g‘alabalar va katta marralar tilaymiz!