locale OZ

Kamilla Raximova Ruminiyadagi WTA 250 turnirining juftlik bahslarida g‘oliba bo‘ldi

Birinchi set tay-brekda 7-6 (9-7) hisobida yakunlandi, ikkinchi setda esa o‘zbek-ispan dueti uchrashuvni ishonchli tarzda 6-3 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamilla Raximova Ruminiyadagi WTA 250 turnirining juftlik bahslarida g‘oliba bo‘ldi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova ispaniyalik Sara Sorribes Tormo bilan juftlikda Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tkazilgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida g‘alaba qozondi.

Final uchrashuvida Raximova va Sorribes Tormo Xitoy vakillari Sin’yuy Van hamda Saisay Chjen juftligiga qarshi kortga chiqib, ikki setda zafar quchdi. Birinchi set tay-brekda 7-6 (9-7) hisobida yakunlandi, ikkinchi setda esa o‘zbek-ispan dueti uchrashuvni ishonchli tarzda 6-3 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.

WTA 250 toifasidagi turnirdagi ushbu titul Kamilla Raximova uchun muhim yutuq bo‘lib, uning jahon ayollar tennisi yuqori darajasidagi barqaror va muvaffaqiyatli ishtirokini yana bir bor tasdiqladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting