Kamilla Rakhimova WTA reytingida 69-o‘rinda
Uning yakkalik bahslaridagi eng yaxshi natijasi — 60-o‘rin.
photo: gettyimages
Kamilla Rakhimova WTA reytingida 69-o‘rinda.
WTA reytingining 12-oktabr kungi yangilanishiga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Kamilla Rakhimova dunyoning 69-raketkasi bo‘lib turibdi. Uning yakkalik bahslaridagi eng yaxshi natijasi — 60-o‘rin.
2026-yil 7-fevral kuni Kamilla ispaniyalik Sara Sorribes Tormo bilan birgalikda Cluj-Napoca shahrida o‘tkazilgan Transylvania Open WTA 250 turnirining juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi. Finalda ular Xinyu Wang va Saisai Zheng juftligini 7:6 (9:7), 6:3 hisobida mag‘lub etishdi.
Yakkalik bahslarida Kamilla WTA 125 turkumidagi Guadalajara-2024 va Angers-2025 turnirlarida g‘olib bo‘lgan.