Kamilla Rakhimova US Open’ning ikkinchi davrasida
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rakhimova US Open turnirining ilk davrasida chexiyalik Barbora Kreychikovani 7:6(4), 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Kamilla Rakhimova US Open’ning ikkinchi davrasida!
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rakhimova US Open turnirining ilk davrasida chexiyalik Barbora Kreychikovani 7:6(4), 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
Raqib WTA reytingida 28-o‘rinda borayotgan va turnirda 27-raqam ostida saralangan tajribali tennischi. Barbora Kreychikova — «Katta dubulg‘a» musobaqalarining ikki karra yakkalik bahslaridagi chempioni, sobiq dunyoning ikkinchi raketkasi.
Ushbu g‘alaba Kamilla uchun US Open’dagi muhim va yorqin natija bo‘ldi. Ikkinchi davrada ham omad tilaymiz!