locale OZ

Kamilla Rahimova Fransiyadagi WTA 125 turnirida finalga chiqdi

Keskin kechgan yarim final uchrashuvida Rahimova kuchli xarakter va yuqori saviyadagi o‘yinini namoyon qildi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamilla Rahimova Fransiyadagi WTA 125 turnirida finalga chiqdi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida o‘tayotgan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida yorqin o‘yin namoyish etmoqda. U turnirning ikkinchi raqam ostida tasniflangan Xorvatiyalik Ana Rujichni mag‘lub etib, joriy mavsumda ilk bor WTA 125 darajasidagi turnir finaliga yo‘l oldi.

Keskin kechgan yarim final uchrashuvida Rahimova kuchli xarakter va yuqori saviyadagi o‘yinini namoyon qildi. Birinchi setni boy berganiga qaramay, u tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va uchrashuvni 4–6, 6–3, 7–5 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.

Finalda Kamilla Germaniya vakili Tatyana Korpachga qarshi kortga chiqadi. Korpach avvalroq o‘z vatandoshi Anna Fridzamni mag‘lub etgan edi.

Fransiyadagi turnir finaliga chiqish Rahimova uchun muhim bosqich bo‘lib, uning reytingdagi pozitsiyasini mustahkamlamoqda va O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi muvaffaqiyatli startini tasdiqlamoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting