locale OZ

Italiyalik tennischilar Australian Open — 2026'da tarixiy rekord oʻrnatishdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiyalik tennischilar Australian Open — 2026'da tarixiy rekord oʻrnatishdi
FOTO: Getty Images

Italiyaning tennis yulduzlari Yannik Sinner, Lorenzo Musetti va Luchiano Darderi Australian Open — 2026 turnirida tarixiy natijaga erishdi. Birinchi marta uch nafar italiyalik o‘yinchi bir vaqtning o‘zida musobaqaning to‘rtinchi bosqichiga chiqdi.

Uchinchi bosqichda Sinner amerikalik Eliot Spizzirri ustidan 4:6, 6:3, 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Musetti chexiyalik Tomas Mahachni 5:7, 6:4, 6:2, 5:7, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Darderi esa rossiyalik Karen Xachanovdan 7:6, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi.

Maʼlumot uchun, turnirning amaldagi chempioyn Yannik Sinner bo‘lib, u o‘tgan yilgi finalda nemis tennischisi Aleksandr Zverevni 6:3, 7:6 (7:4), 6:3 hisobida mag‘lub etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting