locale OZ

Iga Shviontek: Men Uimbldonni o‘tkazib yubormoqchi emasman

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iga Śviontek: Men Uimbldonni o‘tkazib yubormoqchi emasman
Iga Śviontek: Men Uimbldonni o‘tkazib yubormoqchi emasman

Polyak tennischisi Iga Shviontek o‘ziga nisbatan tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi va gilamdagi musobaqalarni o‘tkazib yuborish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Jahon reytingining ikkinchi raqamidagi sportchi hamda “Katta Shlem” turnirlari g‘olibasi Uimbldon–2025da ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq polyak ommaviy axborot vositalarida Shviontek agar Rim va “Rolan Garros”da yaxshi natija qayd eta olmasa, gilamdagi musobaqalardan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Iga ushbu taxminlarni rad etdi.

«Bu gaplarni kim aytdi? Bunday xabarlarga ishonmang. So‘nggi kunlarda, ayniqsa polyak matbuotida men haqimda bir talay yolg‘on ma’lumot va nazariyalar tarqaldi. Men Uimbldonni o‘tkazib yubormoqchi emasman. Har bir mavsum yaxshiroq o‘ynashni o‘rganish uchun imkoniyat. Albatta, agar jarohat bo‘lmasa, men o‘ynayman», – dedi Shviontek matbuot anjumanida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting