locale OZ

Farg‘onadagi J200 turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik finalga chiqdi

ITF World Tennis Tour Juniors J200 turnirida Mahmudbek Beknazarov va Aleksandra Barmicheva final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Farg‘onadagi J200 turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik finalga chiqdi
photo: Tennis Uzbekistan

Farg‘onadagi J200 turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik finalga chiqdi.

ITF World Tennis Tour Juniors J200 turnirida Mahmudbek Beknazarov va Aleksandra Barmicheva final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yarim finalda Mahmudbek belaruslik Ivan Samstykani 6:1, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Aleksandra esa turnirning birinchi raqamli tennischisi, o‘smirlar jahon reytingida 80-o‘rinda borayotgan rossiyalik Vasilisa Taranovani 3:6, 6:1, 6:2 hisobida yengdi.

Finalda tennischilarimizga omad tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting