Farg'onada zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Tadbirda Sport maktabi vakillari, nuroniylar, o'quvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Фото: Спорт вазирлиги
Farg'ona shahridagi Huvaydo mahallasi hududida O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Tashabbusli sport” ovoz to'plash loyihasi doirasida barpo etilgan zamonaviy street workout sport maydonchasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Sport maktabi vakillari, nuroniylar, o'quvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur maydoncha yoshlarni sog'lom turmush tarziga keng jalb qilish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun qulay sharoit yaratadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist