locale OZ

Dunyo reytingidagi 2-raketka Aleksandr Zverev Monakodagi turnirda sensatsion tarzda magʻlub boʻldi. Boshqa oʻyinlar natijalari

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dunyo reytingidagi 2-raketka Aleksandr Zverev Monakodagi turnirda sensatsion tarzda magʻlub boʻldi. Boshqa oʻyinlar natijalari
Dunyo reytingidagi 2-raketka Aleksandr Zverev Monakodagi turnirda sensatsion tarzda magʻlub boʻldi. Boshqa oʻyinlar natijalari

Germaniyalik tennischi, dunyo reytingidagi 2-raketka, yana bir bor muxlislar kutgan natijani koʻrsata olmadi. 3-turga chiqish uchun boʻlgan oʻyinda italyanlik Matteo Berrettiniga qarshi oʻyin Zverev uchun magʻlubiyat bilan tugallandi — 6:2, 3:6, 5:7. Uchrashuv 2 soat 29 daqiqa davom etdi. Har ikki tennischining bir-biriga qarshi boy tajribasi bor: Zverevning 4 gʻalabasi, Berrettinining 3 gʻalabasi. Italyanlik tennischi keyingi bosqichda kim bilan oʻynaydi, hozircha maʼlum emas.

8 aprel kuni oʻtgan oʻyinlar natijalari:
Grigor Dimitrov — Nikolas Jarry 6:3, 6:4
Nuno Borjesh — Xolger Rune 6:2, 3:0 (anjel)
Matteo Berrettini — Aleksandr Zverev 2:6, 6:3, 7:5
Stefanos Tsitsipas — Jordan Tompson 4:6, 6:4, 6:2
Pedro Martinez — Lorenzo Sonego 6:4, 1:6, 6:2
Flavio Kobbolli — Dushan Layovich 6:4, 6:2
Artur Fis — Tallon Grikspur 6:7, 6:4, 6:2
Jake Dreper — Markos Giron 6:1, 6:1
Aleksey Popyrin — Ugo Umber 3:6, 7:6, 6:4
Tomas Etcheverri — Korentin Mute 4:6, 6:1, 6:4
Frenkis Tiafo — Miomir Ketsmanovich 6:2, 5:7, 7:6
Roberto Bautista-Agut — Brendon Nakashima 6:2, 6:4
Tomas Maxach — Sebastyan Baes 3:6, 6:3, 6:2

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting