locale OZ

Denis Istomin va Maksim Shin Gruziyaning Kutaisi shahrida o‘tkazilgan ITF M25 turnirining juftlik bahslarida chempion bo‘lishdi

Denis Istomin va Maksim Shin butun turnir davomida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etib, O‘zbekiston tennisi uchun yana bir xalqaro titulni qo‘lga kiritishdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Denis Istomin va Maksim Shin Gruziyaning Kutaisi shahrida o‘tkazilgan ITF M25 turnirining juftlik bahslarida chempion bo‘lishdi
photo: Tennis Uzbekistan

Denis Istomin va Maksim Shin Gruziyaning Kutaisi shahrida o‘tkazilgan ITF M25 turnirining juftlik bahslarida chempion bo‘lishdi!

Finalda hamyurtlarimiz tajribali tennischilar - armanistonlik Daniil Sarksian va rossiyalik Evgeny Philippov ustidan ishonchli g‘alabaga erishishdi. Daniil Sarksian xalqaro ITF turnirlarida muntazam ishtirok etib kelayotgan tajribali tennischi hisoblanadi, Evgeny Philippov esa professional turlarda faol qatnashib kelmoqda.

Denis Istomin va Maksim Shin butun turnir davomida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etib, O‘zbekiston tennisi uchun yana bir xalqaro titulni qo‘lga kiritishdi. Bu g‘alaba - katta mehnat, tajriba va haqiqiy chempionlik xarakteri natijasidir!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting