locale OZ

Bu oson emas — Sobolenko Zigemundga qarshi chorak final oldidan

Jahonning 1-raqamli tennischisi raqibaning uslubi haqida fikr bildirdi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Uch karra “Katta shlem” g‘olibasi, jahon reytingi yetakchisi Arina Sobolenko Uimbldon–2025 chorak finalida Laura Zigemundga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bu o‘ta murakkab. Ayniqsa, chim kortda – u yerda zarbalar sekinroq, pastga egilish va ko‘p harakatlanishga to‘g‘ri keladi. Uning o‘yin uslubi aynan chim kortda juda noqulay bo‘lishi mumkin. Ha, bu ba’zan asabga ham tegadi. Biroq men bundan avval ham qiyin raqiblarga qarshi to‘qnash kelganman. Men uchun eng muhimi – shoshilmaslik va uning o‘yinidan norozi bo‘lmaslik. Aksincha, o‘z o‘yinimga e’tibor qaratishim kerak. Agar har bir ochko uchun kurashib, diqqatimni yo‘qotmasam, menda bunday uslubdagi tennischilarga qarshi o‘ynash uchun yetarli tajriba va uslublar bor, – dedi Sobolenko matbuot anjumanida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting