ATP reytingi yangilandi: tennischilarimizda turlicha natijalar, rossiyaliklar Top-10'dan chiqib ketishdi
Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) 28 iyul holatiga ko‘ra yangi haftalik reytingni e'lon qildi. Unga binoan, O‘zbekistonning 7 nafar tennischisi ushbu ro‘yxatda qayd etilgan.
Mamlakatimizning birinchi raqamli raketkasi Humoyun Sultonov 2 pog‘ona yuqorilab, 266-o‘rinni egalladi. Ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin esa 3 pog‘ona ko‘tarilib, 476-pog‘onaga chiqdi.
Qolgan tennischilarimizda esa pasayish kuzatildi:
• Maksim Shin — 8 pog‘ona pastga (1005-o‘rin)
• Botir Sapaev — 8 pog‘ona pastga (1780T)
• Amir Milushev — 5 pog‘ona pastga (1330T)
• Abdulaziz Usmonjonov — 3 pog‘ona pastga (1874T)
• Damir Abdusamodov — 4 pog‘ona pastga (1971T)
Bundan tashqari, dunyo tennischilari Top-10 ro‘yxatida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Italiyalik Jannik Sinner katta ustunlik bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Carlos Alcaraz ikkinchi, Aleksandr Zverev esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Top-10'dan Andrey Rublyov chiqib ketdi va natijada kuchli o‘nlikda Rossiya tennischilari qolgani yo‘q. Avstraliyalik Alex de Minaur esa 13-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi.
ATP reytingi (28 iyul holatiga ko‘ra) — Top-10:
1. (1) Jannik Sinner (Italiya) — 12 030 ochko
2. (2) Carlos Alcaraz (Ispaniya) — 8600
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) — 6030
4. (4) Taylor Fritz (AQSH) — 5135
5. (5) Jack Draper (Buyuk Britaniya) — 4650
6. (6) Novak Djokovic (Serbiya) — 4130
7. (8) Ben Shelton (AQSH) — 3520
8. (13) Alex de Minaur (Avstraliya) — 3335
9. (9) Holger Rune (Daniya) — 3250
10. (7) Lorenzo Musetti (Italiya) — 3195
O‘zbekistonlik tennischilarning ATP reytingidagi o‘rni:
• 266 (268). Humoyun Sultonov — 201 ochko
• 476 (479). Sergey Fomin — 85 ochko
• 1005 (997). Maksim Shin — 14 ochko
• 1330T (1325). Amir Milushev — 5 ochko
• 1780T (1772T). Botir Sapaev — 1 ochko
• 1874T (1871T). Abdulaziz Usmonjonov — 1 ochko
• 1971T (1967T). Damir Abdusamodov — 1 ochko