ATP Masters 1000 Madridda: yarim finalchilar nomi ma'lum bo'ldi


Ispaniya poytaxtidagi nufuzli Mutua Madrid Open musobaqasida chorak final bellashuvlari yakunlandi va yarim finalga yo'l olgan tennischilar aniqlandi. Kasper Ruud Daniil Medvedevni ishonchli tarzda mag'lub etdi — 6:3, 7:5. Bu norvegiyalik tennischi uchun rossiyalikka qarshi birinchi g'alaba bo'ldi. U ikkinchi setda yagona breyk-poyntni amalga oshirdi. Bu natija orqali Ruud live-reytingda 12-o'ringa ko'tarildi. Uchinchi maydondagi bu uning 30- yarim finali va ATP 1000 musobaqalaridagi 7-chorak final g'alabasi bo'lib, hech qanday mag'lubiyatsiz seriya davom etmoqda. Shuningdek, bu uning top-10 tennischilarga qarshi 18-g'alabasi hisoblanadi.
Francisco Cerundolo Yakob Menshikni murosasiz kurashda yengdi — 3:6, 7:6(5), 6:2. Argentinlik tennischi ikkinchi setda yashirin match-poyntni qaytardi. Bu uning Masters turkumidagi ikkinchi yarim finali (ilk marta 2022 yil Mayamida). Hozirda u live-reytingda 19-o'rinni egallab turibdi va turnir yakunlariga ko'ra shaxsiy rekordini yangilashi kutilmoqda. Yarim finalda u Ruudga qarshi kurashadi.
Jack Draper Matteo Arnaldini mag'lub etib, unga “suxar” berdi — 6:0, 6:4. Bu britaniyalik uchun gruntdagi ilk yarim final va umumiy hisobda 11- yarim final. Bu g'alaba unga dunyo reytingida ilk bor top-5likka kirishni kafolatlaydi. Yarim finalda Draper Lorenzo Muzettiga qarshi maydonga tushadi. Italyan tennischisi Gabriel Dialloni ikki setda mag'lub etdi — 6:4, 6:3. Muzetti 2024 yil iyulidan buyon gruntda 18–3 natijaga ega va live-reytingda 8-o'ringa chiqdi.
Yarim final juftliklari:
Kasper Ruud – Francisco Cerundolo
Lorenzo Muzetti – Jack Draper

Futbol
Kecha da 17:06

Futbol
Kecha da 14:13

Futbol
Kecha da 13:19