ATP 500: Barselona va Myunxendagi o‘yinlar natijalari (14 aprel)
Bu haftada ATP 500 toifasidagi ikki nufuzli tennis turniri bo‘lib o‘tmoqda. Quyida 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlar natijalari bilan tanishing.
Barselona (Ispaniya)
Barselonada ATP 500 toifasidagi erkaklar turniri boshlandi. Turnirning birinchi raqamli tennischisi - Karlos Alkaras, u o‘tgan hafta Montekarloda "Masters"ni yutib oldi. Ikkinchi raqamli posev - Norvegiyalik Kasper Ruud. Uchinchi raqamli tennischi - Stefanos Tsitsipas, to‘rtinchi raqamni rossiyalik Andrey Rublyov egallagan.
O‘yin natijalari:
Martines — Nakashima: 7:5, 5:7, 6:4
Firnli — Karbales Baena: 6:1, 7:5
Rune — Ramos-Vinolas: 7:5, 6:4
Rublyov — De Yong: 6:1, 6:3
Korda — Arnaldi: 3:6, 6:3, 6:2
Medjedovich — Mpetshi Perrikar: 7:5, 7:6
Myunxen (Germaniya)
ATP 500 turkumidagi ikkinchi turnir Germaniyaning Myunxen shahrida o‘tmoqda. Bu yerda birinchi raqamli tennischi - Aleksandr Zverev (Jahon reytingida 3-o‘rin). Ikkinchi raqam - Ben Shelton (15-o‘rin), uchinchi - Feliks Oje-Al yassim (19-o‘rin), to‘rtinchi raqamda fransuz Ugo Umber (21-o‘rin) joy olgan.
O‘yin natijalari:
Ketsmanovich — Jiron: 6:2, 6:7, 7:6
Shelton — Goyo: 4:6, 7:6, 7:6
Zverev — Myuller: 6:4, 6:1
Altmaer — Chun Sin Tsen: 7:6, 7:6
Grikspur — Tien: 6:4, 6:2
Goffen — Xarris: 6:2, 6:7, 6:4