locale OZ

Akmal Abdullaev – Оlmatidagi Roland Garros Junior Series finalida

O'zbek tennischisi Yaponiyadagi saralash bosqichini qo'lga kiritdi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

4–9 avgust kunlari Оlmatidagi Gorky Tennis Park kortlarida Fransiya tennis federatsiyasi (FFT), Osiyo tennis federatsiyasi (ATF) va Renault Group homiyligidagi Roland Garros Junior Series by Renault saralash bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Yarqin yarim finalda o'zbekistonlik Akmal Abdullaev qozoqlik Ansar Nietkaliyevni 7:6 (3), 6:3 hisobida mag'lub etdi va musobaqa finaliga yo'l oldi. Ushbu natija orqali u Yaponiyada o'tkaziladigan so'nggi saralash bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Yana bir vakilimiz Alan Zinatullin qattiq kurashda Mansur Sainovga 4:6, 6:7 (7) hisobida mag'lub bo'ldi va endi uchinchi o'rin uchun bahs olib boradi.

Roland Garros Junior Series Markaziy va G'arbiy Osiyoning eng kuchli yuniorlarini birlashtiradi. Final va uchinchi o'rin uchun o'yinlar 9 avgust kuni bo'lib o'tadi. G'olib va sovrindorlar Yaponiya finaliga yo'l olib, u yerda Parijdagi Roland Garros uchun raqobat qilishadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting