Aichi-Nagoya-2026: Yengil atletika va chim ustida xokkey federatsiyalarining tayyorgarligi koʻrib chiqildi
Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov bugun Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan yengil atletika va chim ustida xokkey boʻyicha terma jamoalarimizning rejalari bilan tanishdi.

Maʼlumki, yengil atletika kompleks musobaqalarda eng koʻp medallar jamlanmasi oʻynaladigan sport turi hisoblanadi. Biroq suhbat davomida terma jamoamiz ushbu imkoniyatdan unumli foydalana olmayotgani taʼkidlab oʻtildi. Mutaxassislar boʻlajak Oʻyinlarda qatnashishi kutilayotgan sportchilarimiz, ularning imkoniyatlari, joriy mavsum qayd etib borayotgan koʻrsatkichlari va asosiy raqiblari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishdi.

Chim ustida xokkey boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarida Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyati mavjud. Uchrashuvda terma jamoaga jalb etilishi kutilayotgan sportchilar, jamoa imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi. Qolaversa, terma jamoalar uchun mahalliy va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini samarali tashkil qilish boʻyicha kerakli tavsiyalar berib oʻtildi.

Islom Ahmedov: «O'ylangan taktik rejalardan ko'nglimiz to'ldi»
“Andijon” jamoamizning “Minsk”ga qarshi oxirgi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin bosh murabbiy Islom Ahmedov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. - “Andijon”ning oxirgi nazorat uchrashuvi ham yakuniga yetdi. Qanday xulosalarga keldingiz?- Umumiy yig'inga to'xtaladigan bo'lsak, barchaga teng o'yin amaliyotini berish rejamiz bor edi. Xuddi shunday reja asosida ish olib borildi. Nechta o'yin o'tkazgan bo'lsak, barchasiga teng o'yin amaliyotini taqdim qildik. Kechagi o'yinda tarkibda maydonga tushganlar 90 daqiqa, bugungi tarkibda o'ynaganlar ham 90 daqiqadan harakat qildilar. 70-80 foizga jismoniy holatimizni yaxshilab oldik. Qolganini Andijonda davom ettiramiz. O'ylangan taktik rejalardan ham ko'nglimiz to'ldi. Baribir yana bir-ikkita kamchiliklar bor. O'yinlarni tahlil qilgan holda ularni ustida yana ishlaymiz. - Yig'in mobaynida 2-3 nafar o'yinchilar ko'rikdan o'tishdi. Bugun ham bir futbolchini sinab ko'rdinglar va gol ham urdi. Ular haqida fikringiz qanday?- Ha, o'yinchilarni ko'rib bordik. Maqsadimiz yuqori o'rinlardan birini egallash. Biz ko'rgan futbolchilar esa hozirgi o'yinchilarimizga raqobat qila olmaydilar. Maydonga tushganda o'rnini to'ldirib, kuchaytirib bera oladigan darajadagi futbolchilar emas. Shu bois o'yinchi olishga shoshilmayapmiz. - Endi bundan keyingi rejalar qanday olib boriladi?- O'zbekistonga qaytgach, futbolchilarimizga ikki kunga dam beramiz. 9 iyulda o'z qarorgohimizda yig'ilamiz. 12 iyul kuniga ikkita uchrashuv rejalashtirganmiz. Shundan keyin yana bir kunga dam bergach, 14-sanadan “Surxon”ga qarshi uchrashuv uchun rasmiy o'yinga tayyorgarlik ko'rib boramiz.

2030 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionati Finlandiya va Latviya mezbonligida o‘tkaziladi
2030 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionati Xelsinki va Rigada bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Finlandiya xokkey ittifoqi matbuot xizmati.

Bunday qaror Xalqaro xokkey federatsiyasi kongressida qabul qilindi. Finlandiya xokkey ittifoqi rahbari Heikki Hietanening ushbu qarorga munosabati ham bildirildi.

"Qaror qabul qilinishi bilan musobaqaga tayyorgarlikni boshlash mumkin. Xelsinki shahri, arena va boshqa asosiy manfaatdor tomonlar jarayonga yuqori ishtiyoq bilan jalb etilgani hozirdanoq ayon — poytaxt mintaqasida shaybali xokkey bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish kutilgan voqea edi", — deya Hietanenning so‘zlarini keltiradi Finlandiya xokkey federatsiyasi matbuot xizmati.

Musobaqalar 2030 yilning 17-mayidan 2-iyuniga qadar davom etadi. Har ikki shahar alohida guruh o‘yinlari va chorak final uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Yarmi final bahslari, shuningdek, final va uchinchi o‘rin uchun bellashuv Xelsinkida o‘tkaziladi.

Toʻrt karra Stenli Kubogi gʻolibi Klod Lemyo oʻz joniga qasd qildi
Stenli Kubogining toʻrt karra sohibi, kanadalik afsonaviy xokkeychi Klod Lemyo oʻz joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda TMZ nashri. Avvalroq uning 60 yoshida vafot etgani haqida maʼlum qilingan edi.

Manbaning taʼkidlashicha, Lemyoning uyga qaytmaganidan xavotirga tushgan voyaga yetgan oʻgʻli uni tungi soat uchlar atrofida oilaviy mebel doʻkonidan topgan. Xokkeychining jasadi doʻkonning orqa tarafidagi omborxonadan topilgan.

Lemyo faoliyati davomida uchta turli jamoa bilan Stenli Kubogini qoʻlga kirita olgan tariqdagi 9 nafar oʻyinchidan biri hisoblanadi. U ushbu nufuzli sovringa «Monreal Kanadiens» (1986), «Nyu-Jersi Devilz» (1995, 2000) va «Kolorado Evelansh» (1996) klublari safida ega chiqqan. 1995 yilda esa hujumchi pley-off bosqichining eng qimmatli oʻyinchisi mukofotini qoʻlga kiritgan.

Kanada terma jamoasi tarkibida esa Lemyo 1985 yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan, Kanada Kubogi (1987) sohibiga aylangan hamda Jahon Kubogining (1996) kumush medali sovrindori boʻlgan edi.

Xokkey. O‘zbekiston U18 terma jamoasi uchinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston U18 terma jamoasi xokkey bo‘yicha Osiyo kubogini uchinchi bor qo‘lga kiritib, turnirning eng kuchli jamoasi maqomini ishonch bilan mustahkamladi.Turnir 27-apreldan 3-maygacha Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi (Qirg‘iziston — 4:2; Hindiston — 15:1; Mo‘g‘uliston — 7:2; Indoneziya — 13:0 - yarim final; Qirg‘iziston — 3:2 - final).Ushbu muvaffaqiyat yorqin natijalar ketma-ketligining mantiqiy davomidur:— 2023-yilda jamoa ilk bor Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan Osiyo va Okeaniya kubogida g‘olib bo‘ldi;— 2024-yilda Toshkentdagi uy muzida ushbu natijani takrorladi;— 2026-yilda esa uchinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritib, unvonini himoya qildi.Shuningdek, 2026-yil mart oyida jamoa xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z divizionida jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikki karra jahon chempioniga aylandi.Mazkur natija O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasining terma jamoalarni tayyorlash va mamlakatda xokkeyni rivojlantirish borasidagi boshqaruv hamda tashkiliy ishlarining yuqori darajada ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Xokkeychilarimiz jahon chempionatida yana bir divizion yuqorilashdi
Gonkongda xokkey boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatining III divizion “B” guruhidan oʻrin olgan bellashuvlar boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini magʻlub etib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi. Hamyurtlarimiz qayd etgan natijalar:

Oʻzbekiston — Moʻgʻuliston  26:1 Oʻzbekiston — Filippin  28:3  Oʻzbekiston — KXDR  20:3 Oʻzbekiston — Lyuksemburg  14:0 Oʻzbekiston — Gonkong  9:4

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin jamoamiz kelasi yil III divizionning “A” guruhida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi.

O'zbekistonlik xokkeychilar jahon chempionatida yana bir divizion yuqorilashdi
Gonkongda xokkey boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatining III divizion “B” guruhidan oʻrin olgan bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini magʻlub etib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston — Moʻgʻuliston 26:1Oʻzbekiston — Filippin 28:3 Oʻzbekiston — KXDR 20:3Oʻzbekiston — Lyuksemburg 14:0Oʻzbekiston — Gonkong 9:4

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin jamoamiz kelasi yil III divizionning “A” guruhida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi.

Andijonda chim ustida xokkey bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi
Andijon viloyati sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida chim ustida xokkey sport turi boʻyicha mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Mazkur mashgʻulot yosh sportchilar mahoratini oshirish, ularni zamonaviy usullar asosida tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

Mahorat darsi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxasislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali xodimlari kuzatuvida oʻtkazilib, tajribali murabbiylar tomonidan olib borildi. Mashgʻulot davomida ishtirokchilarga xokkey boʻyicha zamonaviy texnika va taktikalar, amaliy koʻnikmalar chuqur oʻrgatildi.

Chim ustida xokkey. O‘zbekiston chempionati bellashuv jarayonlari davom etmoqda
O‘zbekiston chempionati bellashuv jarayonlari davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi  bo‘yicha o‘smirlar (U-18, o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

Respublikamizning turli hududlaridan kelgan 15 ta jamoalar (8 ta o‘g‘il bolalar, 7 ta qizlar) g‘oliblik uchun bahslashishmoqda.

Ma’lumot uchun chempionat bellashuvlari joriy yilning 28-mart kuniga qadar davom etadi.

Sportchilarimiz para velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadi
23-mart — 2-aprel kunlari Filippinning Tageytey shahrida para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari mazkur qit’a birinchiligida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Azimbek AbdullayevAbror IbraimovBoymurod YavqochevNurdaulet MirzaboyevJavlonbek AbdullajonovQudratjon Ro‘ziqulovSuxrob UbaydullayevRuxshona YoqubboyevaKamola Nurillayeva.

«Tashkent open cup» g‘oliblari aniqlandi
Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha o‘smirlar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida "Tashkent open cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqa bellashuv jarayonlarida Belarus, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston jamoalari ishtirok etdi.

Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan turnir natijalariga ko‘ra:

Ayollar o‘rtasida

1-o‘rinni Belarus ayollar jamoasi,2-o‘rinni O‘zbekiston ayollar jamoasi,3-o‘rinni Qozog‘iston ayollar jamoasi;

Erkaklar o‘rtasida

1-o‘rinni O‘zbekiston erkaklar jamoasi,2-o‘rinni Belarus erkaklar jamoasi,3-o‘rinni O'zbekiston U-21  yoshlar terma jamoasiegalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xokkey bo'yicha Jahon chempionati g'olibi bo'lgan O‘zbekiston U18 terma jamoasi yurtimizga qaytishdi
Joriy yilning 2-8-mart kunlari Gonkongda oʻtkazilgan xokkey boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatida jamoamiz 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alabani qoʻlga kiritib, yuqoriroq divizion — IIB ga yo‘llanmaga ega boʻldi.

Hal qiluvchi shiddatli bahslarda O'zbekiston terma jamoasi Isroil jamoasini 6:3 hisobida mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar xokkeychilarimiz Sport vazirligi hamda mamlakat xokkey federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarimizning ota-onalari va keng jamoatchilik ishtirokida kutib olindi va ularga keyingi musobaqalarda muvaffaqiyat tilashdi.

Xokkey. Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatida III divizion gʻolibiga aylanishdi
Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatida III divizion gʻolibiga aylanishdi

Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston U18 terma jamoasi Gonkongda tashkil etilgan jahon chempionati III divizion “A” guruhi gʻolibi boʻldi. Musobaqada magʻlubiyatsiz ishtirok etgan yigitlarimiz soʻnggi turda Isroil ustidan 6:3 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Ushbu muvaffaqiyat jamoamizga kelasi yil II divizionning “B” guruhida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

O‘zbekiston U18 terma jamoasi jahon chempionati III divizion A guruhida gʻolib boʻldi
Joriy yilning 2-8-mart kunlari Gonkongda oʻtkazilgan xokkey boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatida jamoamiz 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alabani qoʻlga kiritib, yuqoriroq divizion — IIB ga yo‘llanmaga ega boʻldi.

Hal qiluvchi shiddatli bahslarda O'zbekiston terma jamoasi Isroil jamoasini 6:3 hisobida mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Ishonchli o‘yin, kuchli xarakter va butun jamoaning mehnati munosib natijaga olib keldi.

Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xokkeychilarimizni joriy yilning 10-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olish rejalashtirilmoqda.

Xokkey. AQSh 46 yillik tanaffusdan so‘ng Olimpiada chempioniga aylandi
Milandagi “Arena Santa-Juliya” stadionida erkaklar o‘rtasidagi Olimpiya xokkey turnirining finali bo‘lib o‘tdi.

Unda Kanada va AQSh jamoalari ro‘baro‘ keldi. Bellashuvda amerikaliklar overtaymda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Natijada AQSh xokkey jamoasi uchun Olimpiada doirasida so‘nggi 46 yil ichidagi birinchisi bo‘ldi. Ular oxirgi marta 1980 yilda oltin medalni qo‘lga kiritishgandi.

Kanada jamoasi xokkeychilari kumush medalga sazovor bo‘lishdi, bronza esa Finlyandiyaga nasib etdi.