Bahodir Jalolov bugun Londonda britaniyalik bokschiga qarshi jang qiladi
Ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bugun, 17-oktabr kuni professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. O‘zbekistonlik superog‘ir vazn toifasi vakili Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi ‘‘O2 Arena’’da mahalliy bokschi Solomon Dakresga qarshi ringga ko‘tariladi. O‘n raundga mo‘ljallangan bellashuv Deniel Dyubua va Fabio Uordli o‘rtasidagi revansh jangi tashkil etiladigan boks oqshomidan o‘rin olgan. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.Manbaga ko‘ra, har ikki bokschi jang oldidan rasmiy vazn o‘lchash va yuzma-yuz turish marosimida ishtirok etgan. Jalolov tarozida 115,7 kilogramm, Dakres esa 110,2 kilogramm natija qayd etgan. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi raqibidan 5,5 kilogramm og‘irroq ekani ma’lum bo‘ldi. Bellashuv Jalolov uchun professional boksdagi navbatdagi muhim sinovlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.Bahodir Jalolov so‘nggi jangini joriy yilning may oyida xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi o‘tkazib, yettinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi. Solomon Dakres esa oxirgi marta 2025-yil iyul oyida ukrainalik Vladislav Sirenko bilan to‘qnash kelib, hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgan. Britaniyalik bokschi avval Angliya chempionlik kamariga ham egalik qilgan.Ma’lumot uchun, 32 yoshli Bahodir Jalolov professional faoliyatida 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ushbu bellashuvlarning 15 tasini muddatidan oldin yakunlagan. Solomon Dakres hisobida esa 10 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat mavjud. Londondagi boks oqshomining markaziy jangida Deniel Dyubua WBO yo‘nalishidagi jahon chempionlik kamarini Fabio Uordliga qarshi himoya qiladi. Turnir DAZN platformasi orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Sebastian Fundora barcha chempionlik kamarlarini birlashtirish niyatida
WBC yo‘nalishida birinchi o‘rta vazn chempioni Sebastian Fundora diviziondagi barcha asosiy chempionlik kamarlarini birlashtirishni maqsad qilganini ma’lum qildi. Amerikalik bokschi kelajakda Jaron Ennisga qarshi katta jang o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda Fundoraning matbuot vakillari bilan suhbatiga tayanib, Bad Left Hook nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Fundora avvalo 17-oktabr kuni mag‘lubiyatsiz albaniyalik Ermal Hadribeajga qarshi o‘z chempionlik kamarini himoya qiladi. Shundan keyin u Ennis va Josh Kelli o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan to‘qnashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi.

Fundora Ennisga qarshi bahsni vazn toifasidagi eng qiziqarli to‘qnashuvlardan biri deb hisoblaydi. Amerikalik sportchining fikricha, mazkur jang tashkil etilsa, diviziondagi eng kuchli bokschini aniqlash uchun katta imkoniyat yuzaga keladi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Fundora professional faoliyatida 24 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan. U 2024-yilda Tim Szyuni mag‘lub etib, WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Hozircha Ennisga qarshi jang bo‘yicha rasmiy kelishuv mavjud emas.

15-27 oktyabr kunlari Chernogoriyaning Budva shahri yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
15-27 oktyabr kunlari Chernogoriyaning Budva shahri yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Nufuzli musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham kuchli tarkibda ishtirok etib, jahon birinchiligi medallari uchun ringga ko‘tarilishadi.

Tarkibimiz bilan tanishing:

Yigitlar:

-50 kg. Amirjon Suponov-55 kg. Elyor Rustamov-60 kg. Muhammadrizo Ukimov-65 kg. Jahongir Zayniddinov-70 kg. Zulfiqor Adhamjonov-75 kg. Suhrob Rahmatullayev-80 kg. Abrorbek Sharipov-85 kg. Sardorbek Bahromxo‘jayev-90 kg. Asadbek Sultanboyev+90 kg. Islam Salixov

Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To‘raboyev, Ikromjon Xodjayev.

Qizlar:

-48 kg. Muxtasar Aliyeva-51 kg. Nazokat Mardonova-54 kg. Shodiyona Meliqo‘ziyeva-57 kg. Robiya Ravshanova-60 kg. Sevara Mamatova-65 kg. Aselya Tulegenova-70 kg. Maftuna Yangiyeva-75 kg. Samira Turg‘unova

Murabbiylar: Temur Axbayev, Eldor Holmatov, Nodirjon Irgashev, Furqatjon Mamatov.

Jamoa menejeri: Muxtasar AbdumalikovaShifokor: Mahmud Yunusov

Floyd Meyvezer Rayan Garsiyaga qarshi jang uchun ringga qaytishi mumkin
Professional boks tarixidagi eng mashhur chempionlardan biri Floyd Meyvezer yana ringga qaytishni rejalashtirmoqda. 49 yoshli amerikalik bokschi WBC yo‘nalishida yarimo‘rta vazn chempioni Rayan Garsiyaga qarshi jang o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar boshlangan, biroq hozircha rasmiy kelishuvga erishilmagan. Bu haqda FightHype nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Meyvezerning o‘zi Garsiya bilan bog‘lanib, unga jang taklif qilgan. 28 yoshli bokschi ushbu chaqiruvga ijobiy javob bergan, ammo bitta muhim shartni ilgari surgan. Garsiya ko‘rgazmali jangda qatnashishni istamayapti. U Meyvezerning mag‘lubiyatsiz rekordiga xavf tug‘diradigan rasmiy professional jang o‘tkazilishini talab qilmoqda. Garsiya ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida taklifni qabul qilishga tayyorligini bildirib, yakuniy qarorni Meyvezerning o‘zi qabul qilishi kerakligini ta’kidlagan.

Mazkur ehtimoliy to‘qnashuv boks olamida turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi. Garsiyaning promouteri Oskar De La Xoyya jangni tashkil etishga tayyorligini, biroq u faqat rasmiy professional bahs sifatida o‘tkazilishi kerakligini aytdi. Sobiq jahon chempioni Amir Xon esa Meyvezerning qarorini tanqid qilib, uning yosh va mashhur bokschi hisobiga yana e’tibor markaziga qaytishga urinayotganini ta’kidladi. Shunga qaramay, jangning sanasi, manzili va boshqa shartlari hozircha kelishilmagan.

Ma’lumot uchun, Floyd Meyvezer professional faoliyatida 50 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Amerikalik bokschi so‘nggi rasmiy jangini 2017-yilda Konor Makgregorga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi. Shundan buyon u bir necha bor ko‘rgazmali janglarda qatnashgan. Rayan Garsiya esa ayni paytda WBC chempionlik kamariga egalik qilmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Meyvezer qariyb o‘n yillik tanaffusdan so‘ng yana professional ringga qaytishi mumkin.

47 yoshli Menni Pakyao mashg‘ulot vaqtida ringda raqsga tushdi - video
Sakkizta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao navbatdagi mashg‘ulotidan qiziqarli videoni muxlislari bilan bo‘lishdi. 47 yoshli sportchi ringda mashq qilish bilan birga raqsga ham tushgan.

Pakyao mashg‘ulot jarayonidan olingan videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan. Bokschi videoga quyidagicha izoh qoldirgan: “Har bir mashg‘ulotdan zavq olaman. Bu og‘ir mehnat, ammo men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman. Yaxshi musiqa yangrayotgan bo‘lsa, nega biroz raqsga tushmaslik kerak?”

Videoda tajribali bokschi ringdagi mashg‘ulotlarini davom ettirayotgani va musiqa sadolari ostida raqs harakatlarini bajarayotganini ko‘rish mumkin. Pakyao shu tariqa 47 yoshida ham sport bilan muntazam shug‘ullanayotganini namoyish etgan.

Ma’lumot uchun, Menni Pakyao professional boksdagi faoliyatini 1995-yilda boshlagan. U 1998-yil dekabr oyida WBC yo‘nalishida ilk jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgan. Faoliyati davomida sakkizta vazn toifasida jahon chempioniga aylangan filippinlik bokschi professional ringda 62 ta g‘alaba, 8 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang qayd etgan.

Boks. Osiyo o‘yinlari tarixi yoxud barcha g‘olib va sovrindorlar
Osiyo o‘yinlari tarixi yoxud barcha g‘olib va sovrindorlar.

Kuni kecha Yaponiya mezbonligidagi Osiyo o‘yinlarining tafti sovumasdan turib, biz ushbu qit’amizning eng nufuzli musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz bilan tanishtirib o‘tamiz.

Darvoqe, O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi yurishi ham aynan 1994 yil Yaponiyada — Xirosimada boshlangan edi.

“Xirosima-1994” (Yaponiya)

Ushbu O‘zbekiston uchun ilk Osiyo o‘yinlarida bokschilarimiz 2 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-pog‘onani egallagan.

Oltin medal!

-91 kg:Alisher Avazbayev

Avazbayev finalda Saudiya Arabistoni vakili Yusuf Xavsafini mag‘lub etgan.

+91 kg:Oleg Maskayev

Maskayev finalda eronlik Muhammad Rizoni mag‘lub etgan.

Bronza medal!

-67 kg:Narimon Otayev

-75 kg:Dilshod Yorbekov

“Bangkok-1998” (Tailand)

Siam yurtida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-pog‘onani egallagan.

Oltin medal!

-63,5 kg:Muhammadqodir Abdullayev

Abdullayev finalda indoneziyalik Villam Papilayani mag‘lub etgan.

-81 kg:Sergey Mixaylov

Mixaylov finalda janubiy koreyalik Li Sen Be ustidan zafar quchgan.

-91 kg:Ruslan Chagayev

Chagayev finalda pokistonlik Muzaffar Iqbol Mirzani mag‘lub etgan.

Kumush medal!

-54 kg:Timur To‘lyakov

-57 kg:To‘lqunboy Turg‘unov

-60 kg:Timur Suleymanov

-75 kg:Dilshod Yorbekov

Bronza medal!

-67 kg:Narimon Otayev

+91 kg:Lazizbek Zokirov

“Pusan-2002” (Janubiy Koreya)

Janubiy Koreya mezbonligidagi Osiyo o‘yinlarida bokschilarimiz 5 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida yetakchi bo‘lishgan.

Oltin medal!

-60 kg:Dilshod Mahmudov

Mahmudov finalda janubiy koreyalik Pek Jon Sopni mag‘lub etgan.

-75 kg:O‘tkirbek Haydarov

Haydarov finalda pokistonlik Ahmad Ali Xanni mag‘lub etgan.

-81 kg:Ikrom Berdiyev

Berdiyev finalda mezbon Chxve Gi Sun ustidan zafar quchgan.

-91 kg:Sergey Mixaylov

Mixaylov finalda pokistonlik Shaukat Alini mag‘lub etgan.

+91 kg:Rustam Saidov

Saidov finalda qozog‘istonlik Muxtorxon Dildabekovni taslim etgan.

Kumush medal!

-54 kg:Behzod Xidirov

Bronza medal!

-63,5 kg:Baxit Sarsekbayev o‘shanda O‘zbekiston sharafini himoya qilib, bronza medal olgan edi. Uning keyinchalik Qozog‘istonga ko‘chib ketib, ushbu yurt sharafini himoya qilganini bilasiz. (Ma’lumot tariqasida.)

-67 kg:Sherzod Husanov

-71 kg:Sirojiddin Naimov

“Doxa-2006” (Qatar)

Ushbu yilgi Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan o‘rin egallagan.

Oltin medal!

-57 kg:Bahodirjon Sultonov

Sultonov finalda mo‘g‘ulistonlik Enxzorigni mag‘lub etgan.

-75 kg:Elshod Rasulov

Rasulov finalda qozog‘istonlik Baxtiyar Artayev ustidan zafar quchgan.

+91 kg:Rustam Saidov

Saidov finalda qozog‘istonlik Muxtarxon Dildabekovni mag‘lub etgan.

Kumush medal!

-91 kg:Jasur Matchonov

Bronza medal!

-60 kg:Bekzod Xidirov

-64 kg:Dilshod Mahmudov

“Guanjou-2010” (Xitoy)

Chin yurtidagi Osiyo o‘yinlarida bokschilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallashgan.

Oltin medal!

-81 kg:Elshod Rasulov

Rasulov finalda hindistonlik Dinesh Kumarni mag‘lub etgan.

Kumush medal!

-69 kg:O‘ktamjon Rahmonov

-75 kg:Abbos Atoyev

Bronza medal!

-60 kg:Xurshid Tojiboyev

-64 kg:Sanjarbek Rahmonov

“Inchxon-2014” (Janubiy Koreya)

Ushbu Osiyo o‘yinlari boksimiz tarixidagi eng omadsizi bo‘lgandi. Vakillarimiz birorta ham oltin medal ola bilmagan. Yakunda 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan 8-o‘rinni egallagan.

Kumush medal!

-52 kg:Shahobiddin Zoirov

-69 kg:Isroil Madrimov

Bronza medal!

-81 kg:Oybek Mamazulunov

+91 kg:Mirzohid Abdullayev

“Jakarta-2018” (Indoneziya)

Bu galgi Osiyo o‘yinlarida bokschilarimiz 5 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan o‘rin olgan.

Oltin medal!

-52 kg:Jasurbek Latipov

Latipov finalda filippinlik Roxen Ladonni mag‘lub etgan.

-56 kg:Mirazizbek Mirzaxalilov

Mirzaxalilov finalda shimoliy koreyalik Jo Xyo Namni mag‘lub etgan.

-64 kg:Iqboljon Xoldorov

Xoldorov finalda mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Baatarsuxiyn ustidan zafar quchgan.

-69 kg:Bobousmon Baturov

Baturov finalda qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovni mag‘lub etgan.

-75 kg:Isroil Madrimov

Madrimov finalda qozog‘istonlik Abilxan Amankul ustidan g‘alabaga erishgan.

Kumush medal!

-49 kg:Hasanboy Do‘smatov

-60 kg:Shunqor Abdurasulov

“Xanchjou-2023” (Xitoy)

Xitoyda o‘tgan ushbu Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoydan keyin 2-pog‘onani zabt etgan.

(Erkaklar terma jamoamiz tengsiz bo‘lgan. Xitoy terma jamoasi 4 nafar ayol bokschisining oltin medali hisobiga birinchi pog‘onani egallagan.)

Oltin medal!

-51 kg:Hasanboy Do‘smatov

Do‘smatov finalda tailandlik Titisan Panmod ustidan zafar quchgan.

-57 kg:Abdumalik Xalokov

Xalokov finalda yaponiyalik Shuday Xaradani mag‘lub etgan.

+92 kg:Bahodir Jalolov

Jalolov finalda Qamshibek Ko‘nkaboyevni mag‘lub etgan.

Bronza medal!

-80 kg:To‘rabek Xabibullayev

-54 kg:Nigina O‘ktamova

2026 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi natijalardan esa boxabarsiz. Xullas, Yaponiyada boshlangan Osiyo o‘yinlaridagi yurishimiz hozircha Yaponiyada yakunlanib turibdi. Natijalar esa guvohi bo‘lganingizdek... Yana 4 yildan keyin ehtimol yangi rekordlar qayd etilar!

Osiyo o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan bokschilarimiz tantanali ravishda taqdirlandi
Osiyo o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan bokschilarimiz tantanali ravishda taqdirlandiYaponiyada o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha munosib natijalarni qayd etgan sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Abdumalik Xalokovga oltin, Jahongir Zokirovga kumush, Fazliddin Erkinboyevga esa bronza medallari topshirildi.Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adkham Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov ishtirok etdi.Mutasaddilar bokschilarni Osiyo o‘yinlarida erishgan natijalari bilan qizg‘in muborakbod etib, ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tiladi.

Entoni Joshua Tayson Fyurini birinchi raunddayoq nokaut qilishni rejalashtirmoqda
Britaniyalik og‘ir vazn bokschisi Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi bo‘lajak jang uchun dadil prognoz berdi. Ikki karra sobiq jahon chempionining aytishicha, u raqibini muddatidan oldin mag‘lub etishni maqsad qilgan va nokaut hatto birinchi raunddayoq yuz berishi mumkin.

“Rostini aytsam, nokaut kutyapman. Bu hatto birinchi raundda ham sodir bo‘lishi mumkin”, — dedi Joshua Sky Sports News’ga bergan intervyusida. Bokschi bu shunchaki taxmin emasligini, aynan shunday jang rejasiga ega ekanini ham tasdiqladi.

Joshua va Fyuri 11-dekabr kuni Kardiffdagi “Principality Stadium”da ringga ko‘tariladi. Ularning jangi britaniyalik ikki mashhur og‘ir vazn vakili o‘rtasida qariyb o‘n yil davomida kutilgan qarama-qarshilikka nuqta qo‘yadi. Bokschilar 30-sentabr kuni Londonda jang oldidan ilk bor yuzma-yuz kelishdi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Joshua professional faoliyatida 27 ta jangni nokaut bilan yakunlagan. 38 yoshli Fyuri esa faoliyati davomida hali biror marta nokaut bilan mag‘lub bo‘lmagan. Shu sabab Joshuaning birinchi raunddagi nokaut haqidagi bayonoti jang oldidan katta qiziqish uyg‘otdi.

Toʻrabek Habibullayev Osiyo oʻyinlari gʻolibi!
Osiyo oʻyinlarida yana bir oltin medal qoʻlga kiritildi. -90 kg vazn toifasining hal qiluvchi final jangida Toʻrabek Habibullayev xitoylik Han Syuechjenga qarshi ringga koʻtarildi.

Butun jang mobaynida raqibidan ustun ekanligini namoyish etgan Habibullayev 5:0 hisobida zafar quchdi va Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi!

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasining Osiyo oʻyinlaridagi oltin medallari soni 17 taga yetdi.

Boks. Ertaga final bahslari bo'lib o'tadi
Ertaga final!

Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida ertaga so‘nggi kun, ya’ni final janglari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga yigitlarimizdan 3 nafari yetib keldi.

Juftliklar bilan tanishing:

-90 To‘rabek Xabibullayev - Xan Syuechjen (Xitoy) 10:15

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Jang Dongvan (Janubiy Koreya) 14:00

+90 kg: Jahongir Zokirov - Aybek Oralbay (Qozog‘iston) 14:30

Janglar Toshkent vaqti bilan ikki dasturda 09:00 va 13:30 da start oladi. Taqdirlash marosimiga qarab, uchrashuvlardagi vaqtlar o‘zgarib borishi mumkin.

Yaponiyada o‘tkazilayotgan yozgi Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha yarim final janglari o‘z nihoyasiga yetdi
Yaponiyada o‘tkazilayotgan yozgi Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha yarim final janglari o‘z nihoyasiga yetdi.

Shu munosabat bilan finalga yo‘l olgan davlatlar va ularning ko‘rsatkichlarini taqdim etamiz:

Xitoy — 4O‘zbekiston — 3Hindiston — 3Qozog‘iston — 2Janubiy Koreya — 2Xitoy Taypeyi— 2Yaponiya — 1Iordaniya — 1Filippin — 1Vetnam — 1Shimoliy Koreya — 1Tailand — 1

Final janglari 2 oktyabr kuniga rejalashtirilgan. Ertaga boks bahslarida dam olish kuni.

Osiyo o‘yinlari. Shavkatjon Boltayev bronza medalini qo‘lga kiritdi
Osiyo o‘yinlari. Shavkatjon Boltayev bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschi yarimfinal bahsida Torexan Sabirxanga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Shavkatjon Boltayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

-70 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Boltayev yarimfinal bosqichida qozog‘istonlik Torexan Sabirxanga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan bahsda o‘zbekistonlik bokschi munosib harakat qildi va raqibiga munosib qarshilik ko‘rsatdi.

Biroq hakamlar yakuniy qaroriga ko‘ra, Sabirxan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Shavkatjon Boltayev final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Boks musobaqasi nizomiga ko‘ra, yarimfinalda mag‘lub bo‘lgan bokschilar bronza medali bilan taqdirlanadi. Shu sababli Boltayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarini uchinchi o‘rin sohibi sifatida yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi vakillari musobaqaning boks dasturida medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Boks. Feruza Kazakova bronza medali sohibasi
Feruza Kazakova bronza medali sohibasi.

-51 kg vazn toifasidagi vakilamiz Feruza Kazakova yarim final bosqichida ringga ko‘tarildi. Unga amaldagi Olimpiada chempioni xitoylik Yu Vu raqibalik qildi.

Jang juda qiziqarli kechdi, Feruza jiddiy raqibasiga munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Biroq bu g‘alabaga yetarli bo‘lmadi. Yakuniy hisob 0:5 ko‘rinish oldi va Kazakova bronza medali bilan cheklandi.

Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.

Boks. Milliy jamoamiz a’zolari Xitoydagi o‘quv- mashg‘ulot yig‘ini va turnirni yakunladi
Milliy jamoamiz a’zolari Xitoydagi o‘quv- mashg‘ulot yig‘ini va turnirni yakunladi.

14–29 sentyabr kunlari Xitoyning Sinszyan avtonom okrugida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari ishtirokida xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazildi va bokschilarimiz yig‘in mobaynida  4th “Belt and Road” xalqaro turnirida ham ishtirok etdilar. Yakunlarga ko‘ra jamoamiz vakillari turnirni 7 ta oltin, 4 kumush va 6 ta bronza medallari bilan tugatishdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:-50 kg. Shodiyorjon Meliqo‘ziyev-60 kg. Shoxrux Abdumalikov-65 kg. Madiyar Daniyarov-90 kg. Ruslan Sharipboyev+90 kg. Madiyar Saydrahimov-51 kg. Zilolaxon Yusufova-80 kg. Ruxshona Parpiyeva

Kumush medal:-65 kg. Atxamjon Muxitdinov-75 kg. Safarmurod Allaberganov+90 kg. Shaxzod Polvonov+80 kg. Sobiraxon Shohobiddinova

Bronza medal:-50 kg. Amirbek Ismoilov-70 kg. Abdulaziz Jo‘raqulov+90 kg. Ozodbek Aliyev-48 kg. Jasmin Tohirova-65 kg. Sevinch Xurramova-75 kg. Aysanem Saruarova

Murabbiylar: Ramz Axmedov, Yusufjon Tursunov, Ikrom Berdiyev, Ozod Xasanov, Baxodirjon Nuriddinov, Rustam Abilov.

Hakam: Asliddin Abdualimov

Fyuri va Joshua jangi oldidan ilk matbuot anjumani o‘tkazilmasligi mumkin
Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang oldidan rejalashtirilgan ilk matbuot anjumani bekor qilinishi mumkin. Sky Sports xabariga ko‘ra, tadbir 29-sentyabr kuni o‘tkazilishi kerak, biroq hozircha uning bo‘lib o‘tishi kafolatlanmagan.

Entoni Joshua promouteri Eddi Hearn ham matbuot anjumani bo‘yicha yakuniy tasdiq yo‘qligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, tomonlar ishtirokisiz ushbu tadbirni o‘tkazib bo‘lmaydi.

Bu noaniqlik Fyuri va Joshua jangi atrofidagi kelishmovchiliklar fonida yuzaga kelmoqda. Avvalroq jangni tashkil etishda Dana Uaytning ishtiroki bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang 11-dekabr kuni Kardiffdagi “Principality Stadium” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.