Zamonaviy beshkurash. Dmitriy Tretyakov Jahon kubogi yarim finaliga chiqdi!
Dmitriy Tretyakov saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: zamonaviy beshkurash
Dmitriy Tretyakov Jahon kubogi yarim finaliga chiqdi!
O'zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi sportchisi Dmitriy Tretyakov saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi va Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan Zamonaviy beshkurash bo'yicha Jahon kubogining 3-bosqichining yarim finaliga yo'l oldi.
Musobaqa davomida Dmitriy ishonchli o'yin, yuqori darajadagi tayyorgarlik va ta'sirchan natijalarni namoyish etib, turnirning keyingi bosqichiga yo'llanma oldi.
Bugun sportchimiz finalga chiqish uchun kurashadi.
Dmitriyga omad, o'ziga ishonch va yarim finalda muvaffaqiyatli chiqish tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor