locale OZ

Yunon-rum kurashi. Yoshlarimiz umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yunon-rum kurashi. Yoshlarimiz umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi
Photo: Olympic.uz

Bugun Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqani yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishdi.

Barcha vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal:
-44 kg: Sodiqjon Hamidov

Kumush medal:
-41 kg: Afruzbek Ibragimov
-52 kg: Samandar Madaminov

Bronza medal:
-38 kg: Mehmet Annageldiyev
-57 kg: Muhammadaziz G‘ofurov
-62 kg: Muhammadrasul Haqimov
-75 kg: Azamat Rahmatov

Ushbu natija bilan "klassik" kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bugun qizlar kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting