Yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha 2012–2013 hamda 2014–2015-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Xorazm chempionati bo'lib o'tadi
Yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha 2012–2013 hamda 2014–2015-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Xorazm chempionati bo'lib o'tadi.
Joriy yilning 23–26-mart kunlari qadimiy va navqiron Urganch shahrida Yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha Xorazm viloyati ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli musobaqada 2012–2013 hamda 2014–2015-yillarda tug‘ilgan yosh va iqtidorli polvonlar ishtirok etishlari mumkin.
Chempionatda nafaqat yurtimiz sportchilari, balki quyidagi davlatlardan tashrif buyuradigan mehmonlar ham o‘z mahoratlarini namoyish etadilar:
Qozog‘iston
Qirg‘iziston
Turkmaniston
Tojikiston
G‘olib va sovrindorlar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: Medal, diplom, chempionlik kamari va velosiped 🚲
2-o‘rin: Medal, diplom va maxsus suvenir sovg‘a
3-o‘rin: Medal, diplom va maxsus suvenir sovg‘a