Yunon-rum kurashi bo‘yicha yilning eng yaxshi yosh sportchisi aniqlandi
Yunon-rum kurashi bo‘yicha yilning eng yaxshi yosh sportchisi aniqlandi. Ushbu nufuzli e’tirof Aytjan Khalmakhanovga nasib etdi.
Shubhasiz, Aytjan Khalmakhanov 24 yillik tanaffusdan so‘ng yurtimizga Yunon-rum kurashi bo‘yicha Jahon chempionligi unvonini olib keldi. Bu natija nafaqat sportchining shaxsiy mehnati, balki milliy sportimiz tarixidagi muhim voqea sifatida e’tirof etilmoqda.
Yosh bo‘lishiga qaramay, u yuksak mahorat, iroda va matonat namoyish etib, jahon arenalarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tardi. Mutaxassislar Khalmakhanovning ushbu yutug‘ini kelajakdagi yirik g‘alabalarga mustahkam poydevor sifatida baholamoqda.
Aytjan Khalmakhanovni ushbu ulkan yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz.