Yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 O‘zbekiston terma jamoasi Belarusda ikkinchi o‘rinni egalladi
Yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston terma jamoamiz Belarusiyada bo‘lib o‘tgan jamoaviy musobaqada ( Stenka na stenku ) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
Yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston terma jamoamiz Belarusiyada bo‘lib o‘tgan jamoaviy musobaqada ( Stenka na stenku ) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun Belarusiyaga jo‘nab ketgan edi. Bugun o‘tkazilgan jamoaviy bahslarda yosh polvonlarimiz munosib ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Jamoaviy bahslar natijalari va mukofotlar:
1. Rossiya U20 terma jamoasi — 3000 AQSh dollari
2. O‘zbekiston U20 terma jamoasi — 2000 AQSh dollari
3. Belarus U20 terma jamoasi — 1000 AQSh dollari
Sportchilarimizni muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada katta zafarlar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor