Yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Belarusiyaga jo‘nab ketishdi
Yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Belarusiyaga jo‘nab ketishdi.
Jamoamiz 5–8-fevral kunlari Belarusiyaning Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Yunon-rum kurashi bo‘yicha “Jamoaviy” (Stenka na Stenku) bahslarida ishtirok etadi.
Ushbu musobaqa juda keskin va qiziqarli bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Mazkur musobaqada terma jamoamizga katta murabbiy Asliddin Xudoyberdiyev boshchilik qiladi. Sportchilarimizga va murabbiylar shtabiga zafarli chiqishlar va omad tilab qolamiz!
Terma jamoa tarkibi:
• 55 kg — Tursunov Otabek
• 60 kg — Oripov Doston
• 63 kg — Ismoilov Quvonch
• 67 kg — Muqimov Og‘abek
• 72 kg — Eshmirzayev Fayozbek
• 77 kg — Asqaraliyev Og‘abek
• 82 kg — Rustamov Bekmurod
• 87 kg — Abdurasulov Bobur
• 97 kg — Komiljonov Faxrikamol
• 130 kg — Neymatov Saidamir
Yordamchi murabbiy: Islom Shodmonov