Yozyovon tumanida zamonaviy yopiq futbol maydonlari foydalanishga topshirildi
Ushbu loyiha doirasida 2 mlrd 400 mln so‘mlik 2 ta yopiq futbol maydoni qurib bitkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Yozyovon tumani sport maktabining qo‘shimcha bazasidagi bo‘sh yer maydoni “Mansur-92” MChJga DXSh asosida berilib, bitim imzolangan edi.
Bugungi kunda xususiy tadbirkor tomonidan ushbu loyiha doirasida 2 mlrd 400 mln so‘mlik 2 ta yopiq futbol maydoni qurib bitkazildi.
Bugun mazkur maydonlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov, Yozyovon tumani hokimi o‘rinbosari Sheroz Mirzaliyev, nuroniylar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist