locale OZ

Yoshlarimiz Osiyo chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yoshlarimiz Osiyo chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi
photo: Judo Uzbekistan

Ertaga Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi.

Qit’a birinchiligida 20 davlatdan kelgan dzyudochilar jami 14 ta vazn toifasida medallar uchun bahslarga kirishishadi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqada to‘liq (18 nafar) tarkibda ishtirok etadi.

Osiyo chempionatiga qur’a tashlanib, dzyudochilar ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi. Yoshlarimiz o‘smirlarimiz singari medallar uchun asosiy da’vogar bo‘lib turishibdi.

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (o‘g‘il bolalar)

-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov – Muhammad Moh Fayzal (Malayziya)

-60 kg: Asadbek Misirov – Kim Han Jun (Koreya Respublikasi)/Aysel Puradin (Indoneziya)

-66 kg: Dilshodbek Hamroyev – Muhammad Rohman (Indoneziya)

-73 kg: Bunyod Safarov – Bael Isakov (Qirg‘iz Respublikasi)/Mihammadin Loiqov (Tojikiston)

-73 kg: Muhriddin Ma’rufov – Tiravat Chusang (Tailand)

-81 kg: Samariddin Muxibiddinov – Yu Do Bin (Koreya Respublikasi)/Abdullo Loiqov (Tojikiston)

-90 kg: Alisher Samanov – Daniyar Melisov (Qirg‘iz Respublikasi)/Gavin Nursanto (Indoneziya)

-100 kg: Muhammadali Zoirov – Kim Kyung Min (Koreya Respublikasi)

+100 kg: Fazliddin Rafikov – Yash Vijayran (Hindiston)/Aliasgar Malekzadeh (Eron)

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (qizlar)

-48 kg: Ruhshona Alisherova – Sofiya Radityo (Indoneziya)

-48 kg: Sevinch Murodova – Muhammad Binte Azzad (Singapur)/Tanu Maan (Hindiston)

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova – Zao Tazin (Myanma)

-57 kg: Mohinur Allaberganova – Tu Hao Hyunh (Ventam)/Batsuvd Batbileg (Mo‘g‘uliston)

-57 kg: Rayhona Mamatova – Haniyeh Abbaszadeh (Eron)

-63 kg: Sarvinoz Husanova – Ariuntungalag Huhuusuren (Mo‘g‘uliston)

-63 kg: Nigina Saparboyeva – Fiza Aqillah (Indoneziya)

-78 kg: Shoira Aminova – Li Hey Bin (Koreya Respublikasi)/Silfi Agustin (Indoneziya)

+78 kg: Umida Nig‘matova – Venni Purba (Indoneziya)/Ayush-Tsend Chinbolor (Mo‘g‘uliston)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting