Yosh taekvondochimiz Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topildi
Omadbek Otabekov nafaqat chempion, balki musobaqaning eng yaxshi taekvondochisi sifatida e'tirof etildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Malayziyaning Kuching shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Quvonarlisi, musobaqaning ikkinchi kuni -59 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Omadbek Otabekov barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempionati oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, u musobaqaning eng yaxshi taekvondochisi deb ham e’tirof etildi.
Shu tariqa, yosh taekvondochilarimiz chempionatni bittadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.
Bakradze Iman
Redaktor