Yosh slalomchilarimiz mamlakat kubogida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi
100 dan ziyod slalomchilar shiddatli poygalarda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Akademik eshkak eshish
14-17-oktabr kunlari poytaxtimizdagi Bo‘z-suv kanalida slalomda eshkak eshish bo‘yicha U15, U18 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.
Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 dan ziyod slalomchilar shiddatli poygalarda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Aleksey Zubarev boshchiligdagi hakamlar brigadasi musobaqa adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlaydi. Bu esa mamlakatimiz murabbiylarga kelgusida sportchilarni saralab olishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, 23-25-sentabr kunlari U23 O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tgan edi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor