Yosh sambochilarimiz Qirg‘izistondagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
13-14 iyun kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida "Qirg‘iziston javohiri" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: sambo Uzbekistan
Yosh sambochilarimiz Qirg‘izistondagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
13-14 iyun kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida "Qirg‘iziston javohiri" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada O‘zbekistondan ham sambochilar ishtirok etishdi. Turnir yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Sovrindorlarimiz ro‘yxati bilan tanishing:
Oltin:
-64 kg: A’zam Mahmudov
+88 kg: Rustam Gaziyev
-49 kg: Stepan Zyablov
-35 kg: Elbek Ortiqaliyev
Kumush:
-58 kg: Samandar Rustamov
-88 kg: Nig‘matullo Rahmatulloyev
-42 kg: Avaz Avazbekov
+72 kg: Firdavsiy Lutfiddinov
Bronza:
-64 kg: Zafar Ibragimov.
Ibrohim Jalolov
Redaktor