locale OZ

Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatini 17 ta medal bilan yakunlashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatini 17 ta medal bilan yakunlashdi
FОТО: Olympic.uz

Peru poytaxti Lima shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi.

Musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtimiz Qudratbek Salimjonov (yoshlar) -109 kg vazn toifasining dast koʻtarish mashqida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi mazkur musobaqada 3 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza, jami 17 ta medal jamgʻardi.

Mohinur Esonboyeva - 2 ta oltin va 1 ta bronza;

Alisher Osmanov - 1 ta oltin va 2 ta kumush;

Marjona Abdumutalova - 2 ta kumush va 1 ta bronza;

Munisbek Davletov - 2 ta kumush;

Diyorbek Ro‘zmetov - 1 ta kumush va 2 ta bronza;

Xikmatillo Xaydarov - 1 ta bronza;

Dilnura Xoldorova - 1 ta bronza;

Qudratbek Salimjonov - 1 ta bronza.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu natija bilan mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni tabriklab, yosh polvonlarimizning kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyat tilab qoladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting