locale OZ

Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor boʻlishdi

Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 169 kg bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor boʻlishdi
photo: Og'ir atletika

Misrning Ismoiliya shahrida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida eng ogʻir vazn toifasida (+110 kg) ishtirok etgan Omadillo Olimov 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 169 kg bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Siltab koʻtarishda 219 va umumiy hisobda 388 kg natija koʻrsatgan polvonimiz ushbu yoʻnalishlarda bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa, yosh ogʻir atletikachilarimiz dunyo birinchiligini 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting