Yosh gimnastikachilarimiz jahon chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: OlympicUz
18-22 iyun kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham shohsupaga ko‘tarilishdi.
Qiziqarli bahslar yakunida qizlarimiz jamoaviy yo‘nalishda bronza medallariga ega chiqishdi. Hamyurtlarimiz musobaqa davomida 141.850 ochko jamg‘arishga erishishdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCh
Jamoaviy dastur:
1) Bolgariya – 147.350
2) AQSH – 143.200
3) O‘zbekiston – 141.850
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist