locale OZ

Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatining yakkalik bahslarida 6 ta medal jamg‘arishdi

Dasturga ko‘ra, bugun aralash jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatining yakkalik bahslarida 6 ta medal jamg‘arishdi
Фото: Спорт вазирлиги

Peruda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bellashuvlari yakuniga yetdi. Og‘ir vazn toifasida kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Kumush medalni +78 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nighmatova olib keldi, Alisher Samonov (-90 kg) va Muhammadali Zoirov (-100 kg) esa bronza medallariga ega chiqishdi.

Shu tariqa, sportchilarimiz yakkalik bahslarini 1 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Dasturga ko‘ra, bugun aralash jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting