locale OZ

Yevropalik mutaxassislar uchun Kurash bo‘yicha intensiv kursga start berildi

Yevropa davlatlari Kurash federatsiyalari uchun tashkil etilgan seminarda zoom platformasi orqali 20 dan oshiq davlatdan 100 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropalik mutaxassislar uchun Kurash bo‘yicha intensiv kursga start berildi
photo: Kurash Uzbekistan

7 fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash instituti tomonidan Yevropalik mutaxassislar uchun “Kurash hakamligi va murabbiylik bo‘yicha bir oylik intensiv onlayn-kurs”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Yevropa kurash ittifoqi va sport universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Kurs Kurash sportining yagona xalqaro qoidalarini Yevropa qit’asida keng targ‘ib etish, malakali hakam va murabbiylar tayyorlashga qaratilgan. Bir oylik dastur yakunida ishtirokchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar topshiriladi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, IKI Rektori Habibulla Tadjiyev va Sport universiteti Prorektori Sherzod Mirzanovlar Kurash bugun dunyo miqyosida ommalashayotganligi va mazkur kurs uning global nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini e’tirof etishdi.

Seminar davomida Kurash bo‘yicha 5 karra Jahon chempioni, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Muhsin Hisomiddinov tomonidan ham ko‘rgazmali kurash usullari taqdim etildi.

Yevropa davlatlari Kurash federatsiyalari uchun tashkil etilgan seminarda zoom platformasi orqali 20 dan oshiq davlatdan 100 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting