Yengil atletika. yoshlarimiz Saudiya Arabistonidagi ishtirokini yakunladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Saudiya Arabistonining Damman shahrida yengil atletika boʻyicha U18 yosh toifasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining to‘rtinchi, so‘nggi kunida kechki dasturda sportchilarimiz dasturning 7 ta yo‘nalishi bo‘yicha medallar uchun kurash olib bordi.
Estafeta yugurishida (100+200+300+400) qizlar va o‘nkurashda Jahongir Jo‘raboyev ishtirok etdi.
Xususan, yengil atletikachimiz Jahongir Jo‘raboyev raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
U 1500 metrga yugurish bo‘yicha yakuniy o‘nkurashda u 4:42.14 vaqt bilan birinchi bo‘lib marraga yetib keldi va barcha o‘nta yo‘nalish bo‘yicha ham g‘alaba qozonib, eng ko‘p - 6645 ochko to‘pladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor