locale OZ

Yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq kubogi bo‘lib o‘tmoqda

Musobaqada xorijlik atletlar ham qatnashmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq kubogi bo‘lib o‘tmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 17—18-sentabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida yengil atletika turlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogi o‘tkazilmoqda.

Musobaqa 22 ta tur va 1 ta aralash turdagi bellashuvlar asosida tashkil etilib, unda yurtimiz atletlari bilan bir qatorda xorijlik atletlar ham g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi.

Xususan, Qirg‘iziston, Tojikiston, Bahrayn, Qatar va Quvayt kabi davlatlardan tashrif buyurgan professional atletlar o‘z chiqishini amalga oshirmoqda.

Musobaqaning bugungi kun dasturidan yugurish turlari bo‘yicha final bahslari o‘rin olgan bo‘lib, ushbu bahslarda yurtimiz vakillari xorijiy sportchilar bilan bahslarga kirishadi.

Qayd etish lozim, musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi dasturlarga sprint (100 metrga yugurish, 200 metrga yugurish, 400 metrga yugurish), o‘rta masofaga yugurish (800 metrga yugurish, 1,500 metrga yugurish), uzoq masofaga yugurish (5,000 metrga yugurish, 10,000 metr masofaga yugurish), estafeta (4x100 metrga yugurish, 4x400 metrga yugurish va 4x400m aralash), sakrash (balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash va langarcho‘pga tayanib sakrash), g‘ov osha yugurish (110 metrga g‘ov osha yugurish, 400 metr masofaga g‘ov osha yugurish va 3,000 metr masofa suv-to‘siq osha yugurish) kabi yo‘nalishlar kiritilgan.

Ayollar o‘rtasidagi dasturdan sprint (100 metrga yugurish, 200 metrga yugurish va 400 metrga yugurish), o‘rta masofaga yugurish (800 metrga yugurish va 1,500 metrga yugurish), uzoq masofaga yugurish (5,000 metrga yugurish va 10,000 metr masofaga yugurish), estafeta (4x100 metrga yugurish, 4x400 metrga yugurish va 4x400m aralash), sakrash (balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash va langarcho‘p bilan sakrash), g‘ov osha yugurish (100 metrga g‘ov osha yugurish, 400 metr masofaga g‘ov osha yugurish va 3,000 metr masofa suv-to‘siq osha yugurish), uloqtirish (bosqon uloqtirish, nayza uloqtirish, disk uloqtirish va yadro itqitish), sportcha yurish (5,000 metrga sportcha yurish) hamda ko‘pkurash (ettikurash) turlari o‘rin olgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting