Yengil atletika. Anvar Anvarov Vengriyadagi turnirda bronza medalini qo'lga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: OlympicUz
Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha Gyulai István Memorial - Hungarian Athletics Grand Prix musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o‘rin olgan oltin darajadagi ushbu musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Anvar Anvarov shohsupaga ko‘tarildi.
Atletimiz Olimpiada va jahon chempionlari jamlangan uzunlikka sakrash sektorida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uning so‘nggi urinishda ko‘rsatgan 8.05 metr natijasi shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishini ta’minladi.
Ushbu natija o‘zbekistonliklarga kelasi oy Tokioda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist