«Yaxshi niyat kubogi–2026»: O‘zbekiston kuchli uchlikda
Moskvadagi eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha V xalqaro «Yaxshi niyat kubogi–2026» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: suv sporti
«Yaxshi niyat kubogi–2026»: O‘zbekiston kuchli uchlikda.
Moskvadagi eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha V xalqaro «Yaxshi niyat kubogi–2026» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
3–6-sentabr kunlari o‘tkazilgan musobaqada Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Turkiya, Filippin va boshqa davlatlardan 800 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Musobaqa dasturidan kanoe-sprint, parakanoe, kanupolo, dragon boat, SUP, kayak-kross va eshkak eshish slalomi kabi yo‘nalishlar o‘rin oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham musobaqada munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
K-2, 500m
Maksim Ivliyev/Zafar Baxtiyorov
Umumjamoa hisobida:
1-o'rin. Rossiya
2-o'rin. Belarus
3-o'rin. O‘zbekiston