locale OZ

Yangilangan jahon reytingi: O‘zbekiston parataekvondochilari yetakchilar safida

Har bir vazn toifasida — munosib natijalar va yuqori o‘rinlar
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Parataekvondo bo‘yicha Jahon federatsiyasi 2025 yil avgust oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, deyarli har bir vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari eng yaxshi sportchilar qatorida qayd etilgan.

Erkaklar:
• -58 kg: Sanjarbek Muxtorov — 13-o‘rin (87.77 ochko)
• -63 kg: Zuxriddin To‘hirov — 6-o‘rin (191.19 ochko)
• -63 kg: Qudratjon Haydarov — 8-o‘rin (152.23 ochko)
• -70 kg: Javohir Alikulov — 3-o‘rin (312.26 ochko)
• -80 kg: Qudrat Muhammadiev — 11-o‘rin (145.54 ochko)
• +80 kg: Asad Toshtemirov — 1-o‘rin (579.77 ochko)
• +80 kg: Asadbek Anvarov — 11-o‘rin (141.42 ochko)

Ayollar:
• -47 kg: Ziyodaxon Isoqova — 3-o‘rin (452.36 ochko)
• -52 kg: Karomatxon Rustamova — 14-o‘rin (48.72 ochko)
• -57 kg: Kamola Juraeva — 10-o‘rin (61.18 ochko)
• -57 kg: Karimaxon Meliquziyeva — 15-o‘rin (48.47 ochko)
• +65 kg: Guljanoy Naimova — 2-o‘rin (568.88 ochko)

Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston parataekvondo jamoasining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari va rivojlanayotgan salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting