«Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi» doirasida basketbol 3x3 musobaqasi o‘tkazildi
Bu haqda Andijon sport boshqarmasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol 3x3 yo‘nalishi bo‘yicha universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar jamoalari faol ishtirok etib, o‘zaro murosasiz va muhtasham bahslar olib bordilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jamoaviy hamjihatligi, tezkorligi hamda basketbolga xos texnik va taktik mahoratlarini namoyon etdilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist