locale OZ

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari“ musobaqalariga tayyorgarlik masalalari boʻyicha selektor yigʻilishi oʻtkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari“ musobaqalariga tayyorgarlik masalalari boʻyicha selektor yigʻilishi oʻtkazildi
FОТО: Olympic.uz

17-maydan yurtimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqasi start oladi. Bugun Sport vazirligida ushbu yangi formatdagi musobaqaga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan selektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda joylarda bellashuvlarni samarali tashkil etish, musobaqa dasturi, tanlangan sport bazalarining holati hamda gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirishga doir muhim masalalar muhokama qilindi.

Rasmiylar bu musobaqa milliy sportimizda yangi burilish yasashini taʼkidlab, asosiy maqsad — milliy terma jamoa uchun raqobatbardosh va iqtidorli yoshlarni saralab olish, yoshlar orasida ommaviy sport targʻibotini kuchaytirish ekanini qayd etishdi.

Yigʻilishda hududiy vakillar bilan onlayn muloqot oʻrnatilib, tayyorgarlik jarayoni, mavjud muammolar va kamchiliklar muhokama qilindi. Mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Tadbir davomida Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasining boʻlajak musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qarori imzolandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting