“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari”: hududlarda ikkinchi bosqich uchun tayyorgarlik qizg‘in pallada
Avgust oyida o‘tadigan musobaqa oldidan sport obyektlari ko‘zdan kechirilmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Avgust oyida yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqich bahslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu muhim sport tadbiriga hududlarda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi mas’ullaridan iborat ishchi guruh hududlardagi tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganmoqda. Tekshiruvlar davomida musobaqalar o‘tkaziladigan sport inshootlari ko‘zdan kechirilib, ularning holati tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, sportchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tashkilotchilik ishlarini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanyapti.
Bakradze Iman
Redaktor