XXXV Spartakiada doirasida ilk bor dzyudo musobaqasi tashkil etildi
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan musobaqa bir nechta vazn toifasida tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi
Poytaxtimizdagi "Jar" sport majmuasi "Dinamo" sport jamiyati tomonidan kuch tizimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Spartakiada" musobaqasi doirasida ilk bor dzyudo bellashuvlariga mezbonlik qildi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan musobaqa bir nechta vazn toifasida tashkil etildi. Unda Olimpiada sovrindorlari, jahon va Osiyo chempionlari bo‘lgan dzyudochilarimiz ham medallar yo‘lida kurashga kirishishdi.
Yuqori darajadagi mahorat va prinsipial raqobat musobaqaga alohida keskinlik bag‘ishladi - medallar uchun kurash murosasiz xarakterga ega bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist