XX Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibimiz tasdiqlandi
XX Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibimiz tasdiqlandi. 19 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida XX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Osiyo qit’asi uchun to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslari 30 sentyabr - 3 oktyabr kunlariga belgilangan. Avvaliga uch kun mobaynida yakkalik bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi, to‘rtinchi kuni esa aralash jamoaviy mikst bellashuvlari tashkil etiladi.
Osiyo o‘yinlarining dzyudo turnirida 32 davlatning 204 (116 erkak, 88 ayol) nafar sportchisi medallar uchun kurash olib boradi. Yaponiya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Koreya Respublikasi va O‘zbekiston terma jamoalari to‘liq tarkibda, ya’ni 14 nafar (7 ta vazn erkaklar, 7 ta vazn ayollar) dzyudochi bilan qatnashadi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi tomonidan Kunchiqar yurtga boradigan tarkibimiz e’lon qilindi. Bugungi kunda o‘z vazn toifalarida har tomonlama musobaqaga tayyor bo‘lganlar saralab olindi.
Shuningdek, aralash jamoaviy bahslarda Shirinjon Yo‘ldosheva (-70 kg) va Irisxon Qurbonboyeva (+78 kg) ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Ortga sanoq boshlandi. To‘rt kunlik kurash. Murosasiz bellashuvlar. Aichi-Nagoya, dzyudochilarimizni kutib ol! O‘zbekiston uchun muxlislik qiling! O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning asosiy startiga tayyor.
XX Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan tarkibimiz:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
QIZLAR
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Umida Nig‘matova