Xorazmda sport kurashlari bo'yicha U20 O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi
Musobaqalar 14-mart kuniga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Urganch shahrida joylashgan “Barkamol avlod” majmuasi sport zalida erkin kurash, yunon-rum kurashi hamda ayollar kurashi bo‘yicha U20 yosh toifasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari start oldi.
Mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh polvonlar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tayotgan musobaqalar joriy yilning 14-mart kuniga qadar davom etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist